"Real" yana bir TOP murabbiy bilan muzokara olib bormoqda

28 apr 2026, 08:50
"Real" Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonini bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin.

Madridliklar 47 yoshli argentinalik mutaxassisni ko'rib chiqmoqda va u bilan allaqachon aloqaga chiqqan, deb xabar berdi COPE jurnalisti Manolo Lama.

"Sizlarga ishontirib aytamanki, "Real" Skaloniga taklif bilan chiqqan. "Real" ko'plab murabbiylar bilan muzokara olib bormoqda.

O'ylaymanki, Peres so'nggi qarorni qabul qilishdan oldin variantlarni o'rganmoqda, tinglamoqda va shundan so'ng so'nggi nuqtani qo'ymoqchi", - dedi Lama.

Lionel Skaloni 2018 yildan buyon Argentnani boshqarib kelmoqda. U jamoa bilan 2022 yilgi Jahon chempionatida, ikki marta Amerika Kubogida (2021 va 2024) va 2022 yilgi Finalissimada g'alaba qozongan.


Manba: COPE