

Mankunianliklarning 21 yoshli futbolchisi bahsning 8-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi. Bosh hakam Sem Barrott Yoroni "so'nggi umid foli" uchun maydondan chetlatgandi - Leni birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan hujumchi Aleksander Isakning orqasidan turtib yuborgan. VAR ham maydondagi referining qarorini maqullagan edi. MYU ushbu qaror yuzasidan apellyaciya berdi.
"Futbolchining noto'g'ri chetlatilishi bo'yicha kiritilgan apellyaciya qanoatlantirilgandan so'ng, Leni Yoroning bir o'yinlik diskvalifikaciyasi bekor qilindi.
"Yunayted" futbolchisi 22 noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Liverpul"ga qarshi Premer-liga uchrashuvi davomida raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Mustaqil komissiya qarorining yozma asosnomasi keyinroq e'lon qilinadi", - deyiladi FA bayonotida.



