

Futbolchiga uchta yirik klub da'vogarlik qilmoqda. Buaddini "Arsenal”, "Chelsi" va "Manchester Siti" sotib olmoqchi. "Lill” bir shart bilan yarim himoyachini sotishga tayyor. Francuzlar futbolchini keyingi mavsum uchun ijaraga olishni xohlashmoqda. Qayd etilishicha, manfaatdor klublar ushbu shartga rozi.
"Lill” Chempionlar ligasining navbatdagi mavsumida ishtirok etadi. Jamoa o'tgan mavsum ichki chempionatda "Lion"ni ortda qoldirib, uchinchi o'rinni egalladi. Ayub Buaddi Marokash terma jamoasiga JCH-2026 chorak finaliga chiqishga yordam berdi.



