

18 yoshli marokashlik futbolchining “shaharliklar” safiga o'tishi bo'yicha kelishuv to'liq hal bo'ldi - tomonlar o'zaro kelishuvga erishdi. Transfer summasi hozircha oshkor etilmayapti.
Angliya klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi marokashlik iqtidor egasini yarim himoyada Rodrining o'rnini bosishga mo'ljallangan futbolchi sifatida ko'rmoqda.
Yosh bo'lishiga qaramay, Buaddi xalqaro maydonda ham o'zini ko'rsatishga ulgurdi: 2026 yilgi Jahon chempionatida istedodli futbolchi Marokash terma jamoasining 6 ta o'yinidan 5 tasida ishtirok etib, barcha bahslarda asosiy tarkibda maydonga tushdi.



