"Manchester Siti" Buaddi bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
4 avg 2026, 17:00
"Manchester Siti" Fransiyaning "Lill" jamoasi yarim himoyachisi Ayub Buaddi bilan kelishuvga erishgani ma'lum bo'ldi.

Buaddi "Lill" safidagi yorqin mavsum hamda shu yozda Marokash terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatidagi ajoyib ishtirokidan so'ng Yevropaning top-klublari nishoniga aylangandi.

Buaddiga "Arsenal", "Manchester Yunayted", PSJ va "Bavariya" tomonidan qiziqish borligi aytilgandi, biroq "Sky Sport Germany" xabariga ko'ra, 18 yoshli yarim himoyachi uchun kurashda "Siti" ustunlik qilmoqda.

"Siti" Buaddi bilan og'zaki kelishuvga erishgan va endilikda "Lill" bilan Ayub uchun to'lanadigan tovon puli miqdorini muhokama qilmoqda.

"Siti" Rodrining keyingi taqdiri qanday kechishidan qati nazar Buaddini sotib olmoqchi. Eslatib o'tamiz, "Real" ispaniyalik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Germany