

Bu haqda “The Touchline” xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Xvicha Kvaratsxeliyaning jarohatidan so'ng Parij klubi dastlab 26 yoshli argentinalik futbolchini sotib olish fikridan voz kechib, mavjud o'yinchilar bilan kifoyalanishni rejalashtirgan edi. Biroq hujum chizig'ining yana bir vakili Dezire Duening safdan chiqishi rahbariyatni rejalarini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi.

Ma'lum qilinishicha, Alvares bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish qiyinchilik tug'dirmaydi. Asosiy to'siq "Atletiko" bilan transfer borasida kelishuvga erishish bo'lib qolmoqda.
21 noyabr kuni Due "Nicca"ga qarshi o'yinda (3:2) o'ng tizzasining xochsimon bog'lamlarini uzib oldi. Fransiyalik futbolchini operaciya kutmoqda. Oktyabr oyida esa Chempionlar Ligasi doirasidagi "Barselona"ga qarshi bahsda (4:2) Kvaratsxeliya ham xuddi shunday jarohat olgan edi. Gruziyalik vinger allaqachon operaciya qilingan.
Alvares 2024 yildan buyon "Atletiko" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali argentinalik hujumchining narxini 110 million evroga baholamoqda.



