Mirko Yyelichich: "Chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun "Andijon"ga rahmat aytaman"

24 noya 2026, 22:03
O'zbekiston Kubogining yarim finali doirasida "Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Mirko Yyelichich fikrlarini bildirdi.

- Chiroyli o'yin bo'ldi va bu ikki tomon uchun ham og'ir o'tdi. "Andijon" bilan o'tgan o'yindan keyin ham aytganman, bu jamoaning yaxshi jismoniy holati va sifati bor, shuning evaziga bu raqibga qarshi o'yinlar juda og'ir o'tgan. Mavsum yakuniga ham keldik, barcha jamoalar charchagan, kuch qolmagan va bu ayrim jamoalarga yaxshi o'yin ko'rsatish uchun sabab ham bo'lmoqda. Natijadan mamnunman. Chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun "Andijon"ga rahmat aytaman, ular bizga qarshi yaxshi o'yin namoyish qilishdi. Shuningdek, o'z jamoamga, rahbariyatimga ham rahmat aytaman. Ular bizga doimo yordam berishmoqda.

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia