O'zbekiston MTJ a'zosi jarohat sababli kamida 1 oy maydonga tushmaydi

30 iyul 2026, 07:20
"Dinamo" va O'zbekiston MTJ a'zosi Azizbek Amonov jarohat sababli kamida 1 oy maydonga tushmaydi.

Bu haqda samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov ma'lum qildi.

"Amonovda jarohat bor. Uzoq vaqtga safdan chiqqan. Kamida 1 oy o'ynamaydi", - dedi Abramov.

28 yoshli futbolchi JCH-2026 bahslarida O'zbekiston MTJ safida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia