Argentina terma jamoasi darvozaboni "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin - Fabricio Romano

30 iyul 2026, 08:40
Argentina terma jamoasi va Fransiyaning "Marsel" klubi darvozaboni Xeronimo Ruli "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar beradi.

Insayderning ma'lumotiga ko'ra, "shaharliklar" jamoadagi ikkinchi darvozabon rolida Djeyms Traffordning o'rnini egallashi uchun Rulini sotib olmoqchi. Janubiy Amerikalik posbonning o'zi Angliya klubiga o'tishdan manfaatdor.

O'tgan mavsumda argentinalik golkiper klub safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol o'tkazib yubordi va to'qqizta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Igrokning "Marsel" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, 34 yoshli futbolchining bozor qiymati 6 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano