Ryudiger "Real" bilan shartnomasini 1 yilga uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
19 may 2026, 14:55
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger klub bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Muzokaralar davomida 33 yoshli germaniyalik futbolchi 2 yillik kelishuvdan umid qilgan, biroq "Real" siyosati yoshi kattaroq futbolchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolashga to'sqinlik qiladi.

Ryudiger "Real"da 2022 yilning iyulidan buyon o'ynab kelmoqda. Himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 26 o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.

Ryudigerning "qirollik klubi" bilan amaldagi bitimi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS