

Bu haqda Fabricio Romano xabar berdi.
Tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuvga erishildi. Tez orada barcha hujjatlarga imzo chekiladi. Portugaliyalik mutaxassis 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi.
Madridliklar Mourinyu uchun “Benfika”ga 6 mln evro to'laydi.
Eslatib o'tamiz, Mourinyu 2010 yildan 2013 yilgacha “Real”da ishlagan va klub bilan 3 sovrin yutgan (Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogi).



