"Bornmut" - "Manchester Siti": APL-2025/2026 37-turi doirasidagi o'yin uchun asosiy tarkiblar ma'lum

Aslanov Jasurbek
19 may 2026, 22:29
Bugun, 19 may kuni Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 37-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tadi.

Unda "Bornmut" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Uchrashuv Bornmutdagi "Vitaliti" stadionida kechadi. Bahsni manchesterlik bosh hakam Entoni Teylor boshqarib boradi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari:

"Bornmut": Petrovich, Tryuffer, Senesi, Xill, Smit, Taverner, Skott, Adams, Rayan, Krupi, Evanilson.

"Manchester Siti": Donnarumma, Nunes, Abduqodir Husanov, Gexi, O'Rayli, Rodri, B. Silva, Kovachich, Semeno, Doku, Xoland.

Ma'lumot uchun, "Manchester Siti" Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Shaharliklar" hisobida 36 ta o'yindan so'ng 77 ochko mavjud. Bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan holda, ular peshqadam "Arsenal"dan besh ochko ortda qolishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia