

Eslatib o'tamiz, Negreyra ishi haqida gapira turib, "Real" prezidenti shunday degan edi: "Barsa" "Real" ustidan adolatsiz ustunlikka ega bo'lish uchun hisobotlarga pul to'lagan. O'sha hakamlar haliyam ishlashmoqda. Ular joriy mavsumda bizdan 16-18 ochkoni tortib olishdi".
"La Ligani, undagi barcha o'yinlarni kuzatgan har bir kishi bu so'zlar haqiqatdan yiroq ekanligini biladi.
Biz xotirjammiz va el-klasikodan keyin bizga topshirilgan [La Liga] kubogidan xursandmiz", - dedi Garsiya EFE agentligiga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, "Barselona" ushbu mavsumda muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylandi - jamoa hisobida 37 turdan keyin 94 ochko bor. 83 ochko jamg'argan "Real" esa mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlaydi.



