"Real" Karvaxal ketishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
18 may 2026, 16:39
Ispaniyalik himoyachi Daniel Karvaxal joriy mavsum oxirida "Real"ni tark etadi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Real" klubimiz va jahon futbolining eng ulug' afsonalaridan biriga minnatdorligini bildirmoqchi. "Real" Dani Karvaxal va uning oilasiga hayotining yangi bosqichida eng yaxshi tilaklarni tilaydi", – deyiladi klub bayonotida.

Karvaxal - "Real" tarbiyalanuvchisi. U jamoa libosida 450 o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol urgan va 65 ta golli pas uzatgan.

34 yoshli himoyachi "qaymoqranglilar" bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan, jumladan, olti marta Chempionlar Ligasini yutgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com