

Yakshanba kuni "kolchoneros" La Liganing 7-turi doirasidagi o'z maydonidagi derbida g'alaba qozondi (2:1). O'yinning bosh hakami Migel Anxel Ortis Arias bo'ldi.
O'yindan so'ng "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu matbuot anjumaniga "qaymoqranglilar" futbolchilariga nisbatan ishlatilgan qo'polliklar tasvirlangan suratlarni chop ettirib olib keldi. Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis hakamlik borasida bir qator keskin fikrlarni bildirdi: "Hakam 41 yoshda, unda derbi uchun tajriba yetishmadi. U faqat kichik o'yinlarda ishlagan kuchsiz hakam. Hakamlar qo'mitasini tabriklayman", "Biz shunchaki kulkili narsalarni ko'rdik - "Osasuna"ga urilgan golning bekor qilinishi, "Barsa"ning penaltisi. Liga mensiz o'zgargandir deb o'ylagandim, ammo yo'q". Hakamlik bo'yicha tanqidlar "Real" klub TV efirida ham yangradi.
Kecha "Atletiko" Mourinyuning "Real" bilan derbidagi qo'polliklar aks etgan suratlarni ushlab turgan fotosini chop etdi va: "Hakamlarga nisbatan bosim o'tkazishni hoziroq to'xtating", deb yozdi. Keyinroq klub yana bir post joyladi: "Bu mavsumda ular juda erta boshlashdi. Mexanizm ishga tushirildi".
Bugun "Real" klub TV efirida "Atletiko" futbolchilari va Diego Simeonening hakamlar qarorlaridan noroziliklari hamda klubning tvitlaridan olingan skrinshotlar aks etgan uzun videorolik namoyish etildi. Videoda, boshqa narsalar qatorida, "matraschilar" bosh murabbiyining La Liga "Real"ning chempionligi uchun "xavfli tarzda tayyorlab qo'yilgani" haqidagi iqtibosi va Arda Turanning qanot hakamiga butsasini uloqtirgan vaziyati ko'rsatilgan.
"Qachonki [hakamlar qarori] ularning zarariga bo'lsa, ular bunchalik hurmat ko'rsatishmaydi. Ularning xotirasi kalta - hakamlarga hurmat ko'rsatishni talab qilishadi, lekin faqat bazida. Hozir ular hurmat talab qilishmoqda, ammo o'zlariga yoqmaydigan narsani ko'rishsa, shikoyat qilishadi.
Bu yerda hurmat unchalik ko'p emas - ko'proq hakamlar shaniga haqoratlar bor. Chetdan kuzatayotgan har qanday odam o'n yillardan beri bir xil narsa takrorlanayotganini payqashi mumkin - tizim shunday va biz bunga o'rganib bo'lganmiz.
Siz hurmat talab qilasiz, ammo sizni nimadir qoniqtirmasa, Tvittyerda yozasiz. Biror narsa noto'g'ri ketganda hurmat yo'qoladi. Agar [qaror] sizingda foydangizga bo'lsa, uni hurmat qilasiz, agar zararingizga bo'lsa - unchalik emas", - deyiladi rolikda.



