Jerom Roten: "Mourinyu shunchaki chek uchun kelganmi? U "Real"da hech narsani o'zgartirmadi"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2026, 11:13
Jerom Roten Joze Mourinyuning "Real"dagi faoliyatidan hayratda emas.

"Qaymoqranglilar" yakshanba kuni "Atletiko"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi va endi La Ligada "Barselona"dan 6 ochkoga ortda qolishmoqda.

"Mourinyu “Real”da hech narsani o'zgartirmadi. Agar u derbi oldidan o'z futbolchilarining xayolini o'yinga sozlay ham olmasa... "Atletiko" futbolchilari esa maydonda yonib harakat qilishdi! "Real" tomonidan esa umuman hech narsa ko'rinmadi!

Mourinyu shunchaki chek olish uchun kelganmi?!" - dedi PSJ sobiq yarim himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Rothensenflamme