“Sevilya” “Real” darvozaboni bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
3 avg 2026, 17:45
Madridning “Real” jamoasi tarbiyalanuvchisi Fran Gonsales “Sevilya”ga o'tdi.

Tomonlar 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi, deb xabar bermoqda Andalusiya klubi matbuot xizmati.

4.jpg

Gonsales 21 yoshda. U “Real”ning asosiy tarkibidagi debyut va yagona o'yinini 2025 yilning aprel oyida Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda (1:2) o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: entradas.sevillafc.es