Cheferin Yevropa klublari KJCHga boykot e'lon qilishini xohlayapti

Aslanov Jasurbek
4 avg 2026, 01:09
UEFA Yevropa klublarini KJCHni boykot qilishga chaqirishi mumkin.

Janni Infantino atrofidagi mojarolar fonida Yevropa jamoalari klublar o'rtasidagi jahon chempionatini boykot qilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta FIFA turnir huquqlarini sotish uchun yangi tijoriy tuzilma - FIFA Forward Enterprise (FFE) yaratish rejalari haqida xabar bergan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederatsiyalari tanqidi va UEFAga a'zo davlatlar tomonidan JCHni boykot qilish tahdidi fonida bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, UEFA prezidenti Aleksander Cheferin va Yevropa klublari assotsiatsiyasi (EFC) rahbari Nosir Al-Xelayfi 12 avgust kuni bo'lib o'tadigan PSJ va "Aston Villa" o'rtasidagi Yevropa Superkubogi bahsi vaqtida vaziyatni muhokama qilishadi. Cheferin agar Infantino o'z lavozimini tark etmasa, EFC va uning tarkibiga kiruvchi klublar KJCH-2029 ni boykot qilishini xohlaydi. Biroq buning uchun tashkilotga a'zo bo'lgan va soni 850 tadan ortiq klublarning qo'llab-quvvatlashi talab etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT