

Bu haqda milliy jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
62 yoshli shveytsariyalik mutaxassis va murabbiylar shtabi bilan tuzilgan kelishuv o'zaro rozilikga ko'ra yakunlandi.
"Futbol assotsiatsiyasi janob Vladimir Petkovichga va uning butun personaliga milliy terma jamoa tepasida o'tkazilgan yigirma to'qqiz oy davomidagi professionalligi, fidoyiligi va jonkuyarligi uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.
Federatsiya ularga bajargan ishlari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiradi va professional faoliyatlarini davom ettirishda har tomonlama muvaffaqiyatlar tilaydi", - deyiladi bayonotda.
JCH-2026da Jazoir terma jamoasi 1/16 finalgacha yetib bordi va u yerda Shveytsariya milliy terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:2).



