Islombek Ismoilov: "Sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag'lub eta olasiz degani emas"

Aslanov Jasurbek
4 avg 2026, 01:29
Superliga 15-turining markaziy o'yini "Dinamo" va "Neftchi" bahsi durang (0:0) natija bilan yakunlangach, uchrashuvdan keyin dastlab Farg'ona klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Ikkala jamoa ham hujumkor o'yin namoyish etishini barcha biladi. Ikki tomonda ham hujumlar va golli vaziyatlar etarli bo'ldi, faqat o'yinga gol yetishmadi. Xatolarni o'rganamiz.

Neftchining kuchli tarkibi bugun ish bermadimi? “Dinamo” tarkibini ham yomon demagan bo'lardim. Tajribali Bahodir Nasimovni aytmasak, qolgan hujumkor o'yinchilari yosh va hali o'sadigan yigitlar. Firdavs Abdurahmonov, Oybek O'rmonjonov, Behruzbek Obloqulov shular jumlasidan. Qolaversa, Anvarjon Hojimirzaev ham hozir praym davrini o'tkazmoqda. Ha, bu yigitlar hali uncha tanilmagan, lekin Dinamoning yoshlari bu yoshda O'zbekistondagi eng yaxshilardan hisoblanadi. Ha, biz bugun yutolmadik, ammo sizda kuchli tarkib bor degani, istalgan raqibni mag'lub eta olasiz degani emas. Buni JCHda Ispaniya Kabo-Verdeni mag'lub eta olmaganidan ko'rsa bo'ladi. Chempion sifatida harakat qilish, turnir jadvalida yuqorida turish qiyin. Bugun Dinamoda yo'qotadigan narsasi yo'q edi, ular yomon o'ynashmadi. “Dinamo”da ham ko'plab golli vaziyatlar yuzaga keldi”, - dedi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати