

Bu haqda "The Times" nashri xabar beradi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, uchta birlashma rahbarlari tashkilotning amaldagi rahbarining iste'fosiga erishmoqchi. Ular Infantinoning 2027 yil martidagi saylovlarda to'rtinchi muddatga o'z nomzodini ko'rsatishi ehtimoli uchun bir qator ssenariylarni tayyorlab qo'yishgan. Ehtimoliy qadamlar orasida - parallel musobaqalarni boshlash, FIFA kengashi yig'ilishlarini boykot qilish va tashkilot qarorlarini bloklash bor.
Infantino 2016 yilning fevral oyidan beri FIFA prezidenti lavozimini egallab kelmoqda. Bungacha u UEFAda ishlagan. Avvalroq Infantino shaxsan o'ziga o'nlab million funt sterling daromad keltirishi mumkin bo'lgan sotuv rejasini ishlab chiqqani, muzokaralar esa AQSH prezidenti Donald Tramp administraciyasiga yaqin shaxslar bilan olib borilgani haqida xabar berilgan edi. Bir qator futbol tashkilotlari va sport arboblari bunday qarorni qoralashgan



