

Bunga qadar 49 yoshli niderlandiyalik mutaxassis PSV, "Volfsburg" va Belgiyaning "Antverpen" klublarini boshqargan.
Mark van Bommel: "Belgiya terma jamoasining bosh murabbiyiga aylanish - men uchun ulkan sharaf. Bildirilgan ishonch uchun Qirollik futbol assotsiatsiyasiga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Belgiyada ajoyib futbolchilar va ulkan salohiyat mavjud. Murabbiylar shtabim bilan birgalikda dunyoning eng kuchli terma jamoalari bilan tengma-teng raqobatlasha oladigan intizomli, o'z oldiga ulkan maqsadlar qo'yadigan va dovyurak jamoani shakllantirishga intilamiz.
Muvaffaqiyat hech qachon kafolatlanmaydi, lekin tinimsiz mehnat, halollik va o'z ishimizga sadoqatni aniq vada bera olaman. Biz har kuni o'sishga erishish va Belgiya xalqi biz bilan faxrlanishi uchun barcha say-harakatlarimizni ishga solamiz. Futbolchilar, xodimlar, muxlislar bilan uchrashishni hamda faoliyatimdagi ushbu yangi sahifa boshlanishini intiqlik bilan kutyapman", - deya van Bommelning so'zlarini keltiradi Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (RBFA) rasmiy sayti.



