"Atletiko" o'z safida YCHL g'olibini qo'shib oldi

25 iyul 2026, 13:34
Janubiy Koreya terma jamoasi yarim himoyachisi Li Kan In PSJdan "Atletiko"ga o'tdi, deb xabar berdi Madrid klubi rasmiy sayti.

25 yoshli koreyalik futbolchi "Atletiko" bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Avvalroq OAVda transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 40 million evroni tashkil etishi xabar qilingandi.

Li Kan In 2023 yilning yozidan beri PSJ safida o'ynayotgandi. Futbolchi parijliklar safida 124 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: atleticodemadrid.com