"Arsenal" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi uchun "Real" va "Barselona" bilan raqobatlashmoqda

25 iyul 2026, 13:26
"Arsenal" "Real Sosedad"ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Xon Martin bilan bog'landi.

Manbalarga ko'ra, futbolchi "Arsenal"ga o'tish g'oyasiga ochiq va "to'pchilar" kelishuv imkoniyatini o'rganmoqda. Takidlanishicha, futbolchiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirgan, "Barselona" esa vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Xon Martin butun faoliyati davomida "Real Sosedad"da o'ynagan. Futbolchi o'tgan mavsumda klub safida 32 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan. Martin 2026 yilda Ispaniya terma jamoasi safida debyut qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo