

Ushbu o'yinlarda poytaxtliklar har ikki bahsda ham raqib ustidan g'alabaga erishishdi.
Birinchi uchrashuv: "Lokomotiv" – "OKMK" 2:1
Dastlabki o'yin murosasiz kurashlar ostida kechib, "temiryo'lchilar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bahsda "Lokomotiv" jamoasi ishonchli harakat qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Mazkur uchrashuvda tajribali hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov o'zining yorqin o'yinini namoyish etib, dubli bilan o'yin taqdirini hal qildi.



