"Uyda o'ynash jamoaga baribir qulaylik beradi, lekin oson raqib yo'q" - Xayrulla Karimov

Iskandarov Abdulaziz
2 iyun 2026, 13:15
O'zbekiston Kubogi qur'asidan oldin OKMK ustozi Xayrulla Karimov taxminlarini bildirdi.


“To'g'risi, men taxmin qilishni yoqtirmayman. Kimga qaysi raqib tushishi qur'aga bog'liq, shuning uchun natijalarni kutamiz. Lekin, albatta, o'z maydonimizda o'ynash baribir qaysidir manoda jamoaga ustunlik va qulaylik beradi.

Ko'ramiz, qur'a qanday bo'larkan. Hozirgi o'yinlardan ko'rinib turibdiki, har bir jamoa bir-biriga jiddiy qiyinchilik tug'dira oladi. Xudo xohlasa, qur'a natijasidan kelib chiqib, keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”, – dedi murabbiy.

Olmaliqliklar 3-turda "Aral"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, 7 ochko to'plagan holda, "A" guruhi peshqadami sifatida 1/8 final bosqichiga chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia