Rasman: "Istiqlol" Elit OCHLdagi uy uchrashuvlarini Iroqda o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
27 avg 2026, 16:25
Bu haqda klub matbuot xizmati bayonot berdi.

“Istiqlol” klubi bayonotida qayd etilishicha, so'nggi kunlarda klub rahbarlari Malayziyaga borib, OFK bilan muzokaralar olib borgan va jamoaning uy uchrashuvlarini Iroqning Basra shahrida o'tkazishga rozilik olishga muvaffaq bo'lgan.

Nihoyat, bugun OFK ushbu so'rovni maqulladi va Iroqning Basra shahri rasman “Istiqlol”ning 4 ta uy uchrashuviga mezbon etib belgilandi.

4.jpg

Avvalroq klub Toshkent, Dushanbe va Doha variantlaridan mahrum bo'lgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, jamoada O'zbekiston MTJ a'zolari Rustam Ashurmatov hamda Jaloliddin Masharipov harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcesteghlal.ir