"Persepolis" bosh murabbiyi: "Masharipov O'runovni "Istiqlol"ga olib o'tmoqchi ekanligi mish-mish"

Оқил Абдубарноев
9 okt 2026, 12:55
"Persepolis" jamoasi bosh murabbiyi Mehdi Tartar matbuot anjumanida o'zbekistonlik legioner Oston O'runovning kelajagi hamda Jaloliddin Masharipov bilan bog'liq tarqalgan xabarlar yuzasidan berilgan savollarga javob qaytardi.

Mutaxassis O'runovning klub bilan amaldagi shartnomasi ikki oydan so'ng yakuniga yetishi va bu holatdan xavotirda emasligini qatiy ta'kidladi:

"Har doim aytganman, "Persepolis" barcha murabbiy va o'yinchilardan buyukroq. Aslida o'yinchilarning o'zlari "Persepolis" bilan shartnomani uzaytirish ortidan yurishlari kerak. "Persepolis" buyuk jamoa va barcha bu libosni faxr bilan kiyishi lozim".

3.jpg

Shuningdek, Tartar Jaloliddin Masharipovning vositachiligida Oston O'runovning "Istiqlol" klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni oddiy mish-mish deb atadi:

"Bu mish-mish, siz ham eshitgansiz, biz ham eshitdik. Barcha futbolchilar bilan yaxshi mashg'ulot o'tkazyapmiz va men mashg'ulotlarni birinchi o'ringa qo'yadigan murabbiylardanman. Yaxshi mashq qiladigan o'yinchilar men uchun muhim va bundan ortiq gapira olmayman".

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Tasnim