

"Paykan" klubining Eron chempionati doirasidagi bahsda "Istiqlol" jamoasi legioner Jaloliddin Masharipovdan noqonuniy ravishda foydalanganligi haqidagi shikoyati rad etildi. "Paykan"ning davo qilishicha, futbolchini ro'yxatdan o'tkazish jarayoni "Istiqlol"ning transfer taqiqi davrida legionerlar limiti qoidalariga zid ravishda amalga oshirilgan.
Biroq liga tashkilotining javob xati va tegishli hujjatlarga ko'ra, Jaloliddin Masharipov bilan shartnoma tuzish va unga o'ynash uchun ruxsatnoma berish jarayoni "Istiqlol" klubiga nisbatan transfer taqiqi kuchga kirguniga qadar qonuniy ravishda amalga oshirilganligi tasdiqlandi. Ilgari ham xuddi shunday shikoyat rad etilgani inobatga olinib, Tartib-intizom qoidalarining 61-moddasida ko'rsatilgan qoidabuzarlik aniqlanmadi va 95-moddaga asosan "Istiqlol" klubi oqlandi.



