"Tezkor studiya"da qaynoq fikrlar: Kanada va AQSH vizasi haqida, Chexiyaning oltin avlodi va Yevropani engayotgan Koreya

Iskandarov Abdulaziz
14 iyun 2026, 14:46
Jahon chempionatiga oid ko'rsatuvlarimiz qizg'in pallaga kirib bormoqda.

Ko'rsatuv ijodkorlari har bir efirga mutaxassislar, mehmonlarni taklif qilmoqda. "Tezkor Studiya"ning kechagi sonida Championat.asia saytining safarlarga borish-kelishdagi homiysi "Ofo Tour" agentligi rahbari Fazliddin Rahimbaev mehmon sifatida ishtirok etdi. Bundan tashqari Nodirxo'ja Yuldashev, Narzulla Saydullaev, Tolibjon Qosimov, Mirkomil Musaev birgalikda o'yinlar muhokamasini olib borishdi.

Fazliddin Rahimbaev dastlab Kanada va AQSH vizalari bo'yicha kichik tushuntirish berib o'tdi.

hf_20260614_090819_c1af871d-16e3-4a7f-8c0c-3cd4009bc036.jpeg

“Kanadaga viza olishning eng oson yo'li - avval AQSH vizasini olishdir. Sizda Amerika vizasi bo'lsa, Kanada vizasini qo'lga kiritish ancha engillashadi. Aslida, bu ikki davlat vizasi bir-biriga to'g'ridan-to'g'ri o'tmaydi (bog'liq emas). Ammo qiziq bir jihati bor: AQSH yoki Kanada vizasiga ega bo'lgan sayyohlar Meksikaga bemalol, qo'shimcha vizasiz kirishlari mumkin.
Amerikaning aniq bir algoritmi yoki ma'lum bir viza beradigan tamoyillari yo'q. Oxirgi 10 kunlikda oldingi oylarga nisbatan viza berish ko'paygan. Olish mumkin ekan deb hamma bir vaqtda viza olishga oshiqdi. Davlat tizimidagi xodimlardan tortib kichik qatlamgacha Amerikaga borish qiziq bo'lib qoldi. Yana bir yangilik chiqdi, 1 iyul sanasidan boshlab Jahon chempionati bahonasida navbatni surish imkoniyati pullik bo'lishi mumkin ekan. Rasmiy ravishda 750 dollar to'lanadi va yaqin 10 kun ichida navbat olib kirish mumkin bo'ladi. Viza olayotgan odamlarni ko'rib, shu darajada katta muxlislar ommasi bor ekan, degan fikr uyg'ondi. Masalan, bir mijozimiz finalgacha bo'lgan barcha bosqichlarga chipta oldilar. Umumiy holatda futbol tomondan kirayotgan, o'ziga ishonchi bo'lgan va fikrini asoslab bera oladiganlar osonroq vizani qo'lga kiritishdi. Amerika elchixonasi bunday katta foizda viza bermagan”,- deydi "Ofo Tour" agentligi rahbari Fazliddin Rahimbaev.

Mirkomil Musaev Chexiyaning oltin avlodiga to'xtalib o'tdi. Ma'lumot uchun, Chexiya terma jamoasi 1996 yilgi Yevropa chempionatida sensaciya ko'rsatgan holda finalgacha borgan va yakunda Germaniyaga kichik hisobda mag'lub bo'lgan.

Chexiya - har doim hayron qoldira olgan kuchli Yevropa jamoasi. Ularning 1996 yilgi musobaqada Karel Poborski kabi futbolchilari bor bo'lgan "oltin avlodi" mashhur edi. Kechagi o'yinda jamoaga amerikaliklarga xos agressivlik yetishmadi va ular faqat standart vaziyatlarga ishonib o'ynashdi. Koreya bilan esa bunday o'ynash qiyin. Koreyaliklar "batareya" kabi oxirigacha bosim qilishadi. So'nggi Jahon chempionatlarida ular to'xtamasdan Yevropa jamoalarini (Germaniya, Portugaliya va h.k.) yutib kelyapti. Bosh murabbiy - oltin avlod vakili Xon Myon Bo zo'r jamoa yig'a olgan. Biroq bu Koreya o'z davridagi eng kuchlisi emas.

hf_20260614_090838_45d679f3-78c2-47c9-a2f1-0fa2b1b08045.jpeg

Angliya futboli bo'yicha mutaxassisga aylangan Tolibjon Qosimov Jahon chempionatida futbolga kiritilgan o'zgarish haqida gapirdi.

“Bu Jahon chempionatida ko'plab yangi qoidalar joriy qilindi. Jumladan, Arsenal butun mavsum davomida ishlatgan taktikasini Jahon chempionatida qo'llay olmasdi. Sababi, standart vaziyatlarda darvozabonni bloklash taqiqlandi. Agar shunday vaziyatdan gol urilsa, hakam o'yinni to'xtatadi va darvozabon erkin zarba bilan to'pni o'yinga kiritadi. FIFA hamma jamoalar faqat standartlarga ishonib qolmay, futbol zavqi uchun o'ynashini istab shunday qaror qabul qildi. Xalqaro tashkilotning bu qadamini to'liq olqishlayman”

hf_20260614_090801_9487cf61-d64c-44f5-905d-708f70117e3e.jpeg

Ko'plab loyihalar asoschisi Nodirxo'ja Yuldashev Jaloliddin Masharipovning qachon mashg'ulotlarga qo'shilishi haqida kichik ma'lumot berib o'tdi. Xabaringiz bor, futbolchimizda belidagi disk churrasi bilan bog'liq muammo sabab yakuniy tarkibga kirish yoki kirmasligi masalasi diqqat markazida turibdi.

"Jaloliddin Masharipovning 26 talik ro'yxatga kirish yoki kirmasligi haqida turli fikrlar bildirilmoqda. Yakuniy qarorni baribir murabbiy hal qiladi. Bilishimizcha,

Bizda Jahon chempionati, O'zbekiston terma jamoasi atrofidagi voqaelar, uchrashuvlar tahliliga oid efirlarimiz davom etadi.

Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”“Usell” “TT LLC”“Black Cofee”“OfoTour”

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia