

Avvalroq "qaymoqranglilar" argentinalikni 9 million evro evaziga olib ketishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, "Real" Pasni "Komo"da yana bir mavsumga qoldirishga qaror qildi, chunki ular hozirda futbolchining rivojlanishi va doimiy ravishda o'ynashi muhim deb hisoblashadi. Madrid klubi tarkibida esa Pasning maydondagi o'rni kafolatlanmagan.
Shu bilan birga, "Real" 2027 yilning yozida Pasni sotib olish imkoniyatini saqlab qolmoqda. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi "Komo" safida 40 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



