"Barselona" "Bavariya" yosh istedodiga e'tibor qaratmoqda

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2026, 14:20
"Barselona" yoshlarga imkoniyat berishi bilan mashhur.

Biroq Kataloniya klubi nafaqat o'zining yoshlar akademiyasi o'yinchilariga, balki butun Yevropadan kelgan yosh istedodlarga ham e'tibor qaratadi.

“Mundo Deportivo“ "Kamp Nou"da allaqachon ijobiy skaut hisobotlarini olgan va mutaxassislarning ham hayratiga sazovor bo'lgan yosh futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Bular:

Lennart Karl (18) - "Bavariya"

Kis Smit (20) - AZ

Rodrigo Mora (19) - "Portu"

Lyuis Miley (20) - "Nyukasl"

Ibrohim Maza (20) - "Bayer"

Kataloniya klubi ulardan birortasini sotib olish uchun biron bir harakat qiladimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum, ammo "Barselona" ularni faol ravishda kuzatib borishi takidlanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo