"Real" Kukurelyani "Chelsi"dan 60 million evroga sotib olishi mumkin

14 iyun 2026, 13:57
Madridning "Real" klubi "Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyaga qiziqish bildirmoqda.

Ispaniyalik futbolchi yaqin haftalarda London klubini tark etishi mumkin.

“Ko'klar" 27 yoshli futbolchini 60 million evroga sotishi mumkin. “Qaymoqranglilar” Kukurelya uchun kurashda Madridning "Atletiko" va "Barselona" kabi raqiblaridan o'zib ketmoqchi, chunki uning nomzodi bosh murabbiy Joze Mourinyuga yoqadi.

Kukurelya o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt’ga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es.