

"O'tgan mavsumda Qozog'iston chempionatida 14 ta jamoa ishtirok etgan edi, biroq Ijroiya qo'mitasining qarori bilan ularning soni 16 taga etkazilgandi. Jamoalar sonini ehtimoliy qisqartirish foydasiga keltirilayotgan asosiy argumentlardan biri – bu infratuzilma bilan bog'liq muammodir. QPLning qator klublari hanuzgacha zamonaviy stadionlar va o'quv-mashg'ulot bazalariga ega emas. Federatsiya mutasaddilarining fikricha, bu holat turnirning umumiy saviyasiga o'z ta’sirini o'tkazmoqda.
Kelasi yili bu g'oyani amalga oshirishning, katta ehtimol bilan, iloji bo'lmaydi. Biroq kelajakda QFF talablarni keskin kuchaytirishi mumkin: Yevropa darajasidagi stadioning yo'qmi – Birinchi ligada o'yna", – deya takidlaydi manba.



