QPL. "Astana" o'z uyida "Atirau"ni mag'lub etdi, Abdurasulov zaxiradan o'yinga qo'shildi

26 apr 2026, 21:59
Qozog'iston Premer-ligasi 7-tur doirasidagi "Astana" - "Atirau" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida “G'azalkent”dan ijara asosida o'ynayotgan o'zbekistonlik vinger Asilbek Abdurasulov 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Bahs esa 2:1 hisobida poytaxt jamoasi foydasiga hal bo'ldi. Alibek Kasim 19-daqiqada hisobni ochdi, 24-daqiqaga kelib Ramazan Karimov ustunlikni ikkitaga oshirdi. 89-daqiqada esa aynan Alibek Kasim o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi.

“Astana” Qozog'iston chempionatida 7 o'yindan so'ng 12 ochko bilan jadvalda beshinchi o'rinda bormoqda. Undan yuqorida “Qayrat” (15 ochko), “Ordabasi” (15), “Elimay” (13) va “Okjetpes” (12) bormoqda.

2026-04-26 21.53.07.jpg2026-04-26 21.54.35.jpg


Manba: championat.asia