Qirg'iziston chempionatida muxlislar yil davomida mashina va pul mukofoti yutib olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
22 fev 2026, 01:05
Qirg'iz Respublikasi Professional futbol ligasi Yuqori liga uchrashuvlariga stadionlarga tomoshabinlarni jalb qilish maqsadida mavsum davomida sovrinli o'yinlar o'tkazilishini ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, har bir tur yakuniga ko'ra, oliy liganing rasmiy sahifasida 3 nafar g'olib aniqlanadi.

Tomoshabinlar Qirg'iz Respublikasi milliy terma jamoasining sport kostyumi, o'zlari yoqtirgan jamoaning futbolka va sharfi hamda Yuqori liganing esdalik buyumlarini yutib olishlari mumkin.

Eng asosiysi, birinchi va ikkinchi davra uchun Chevrolet kompaniyasi tomonidan 2 ta avtomobil sovringa qo'yilishi takidlangan, biroq aynan qaysi rusumdagi mashina ekanlgini ma'lum qilinmagan. Shuningdek, har oy muxlislar uchun 50 000 qirg'iz somi (taxminan 7 mln o'zbek so'mi) o'ynaladi.

Eslatib o'tamiz, Qirg'iz Respublikasi Yuqori ligasi 1 mart kuni start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Қирғиз Республикаси Профессионал футбол лигаси