

"Arsenal" - "Chelsi" 1:1
Gollar: 2 - Morgan Rojers, 25 - Kay Xaverc
“Arsenal”: 1. David Rayya, 4. Ben Uayt, 6. Gabriel Magalyayns, 33. Rikkardo Kalafori, 15. Ezri Konsa, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 8. Martin Edegor, 41. Deklan Rays, 7. Bukayo Saka, 17. Xristos Colis, 29. Kay Xaverc.
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 5. Pero Inkape, 10. Eberechi Eze, 23. Mikel Merino, 36. Martin Subimendi, 39. Bruno Gimaraysh, 14. Viktor Gyokeresh, 20. Chukvunonso Madueke, 56. Maks Doumen.
“Chelsi”: 1. Emiliano Martines, 3. Uesli Fofana, 5. Maksans Lakrua, 24. Ris Jeyms, 34. Josh Achimpong, 7. Pedru Netu, 45. Romeo Lavia, 21. Yorrel Xato, 10. Koul Palmer, 17. Morgan Rojers, 9. Joao Pedro.
Zaxira: 39. Mayk Penders, 6. Livay Koluill, 29. Pep Chavarria, 27. Malo Gyusto, 4. Valentin Barko, 23. Jeovani Kenda, 11. Jeymi Gittens, 41. Estevao, 18. Denni Uelbek.
Ogohlantirishlar: 14 - Joao Pedro, 45 - Koul Palmer
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+5. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+3. Netuning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytmoqda…
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
41. O'yinda temp anchagina tushdi, bahsni maydon markazida ko'ryapmiz asosan.
37. Joao Pedro Rayya oldinga chiqib ketganidan foydalanib zarba berdi, ammo noaniq ketdi.
34. Lyuis-Skellining zarbasi aniq bo'lmadi.
31. Morganning aylantirib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
28. “Arsenal” endi to'pni “Chelsi”ga berdi, nazorat Londonning “ko'k” tomoniga o'tdi.
26. Zo'r o'yin, dahshatli bahs!

25. GOL! Xaverc hisobni tenglashtirdi! Kay jarima maydonchasi tashqarisidan erlatib zarba berdi va bu golga aylandi!
23. Endi zarba Edegordan, bu safar ham “Chelsi” himoyachilari “blok” qo'yishdi!
23. Ris Jeymasdan ajoyib zarba! To'pni Rayya zo'r qaytardi!
21. Endi “Chelsi” oldinga o'tmoqda, Palmerning zarbasidan so'ng to'pni Rayya qaytardi!
20. Colisning uzatmasidan so'ng Xaverc darvoza tomon zarba berdi, Fofanadan ajoyib “blok”!
18. Sakaning zarbasidan so'ng to'pni Emiliano qaytarib yubordi!
15. Xavercning bosh bilan bergan zarbasini Martines qaytardi.
13. Offsayd! Gabriel zarba berayotganda Konsa o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.
12. Stop, gol VARda ko'rilmoqda.

11. GOL! Kalafori hisobni tenglashtirdi! Yana bir jarima zarbasi va ajoyib kombinaciya! Dastlab Gabrielning zarbasini Martines qaytardi, so'ng Rikkardo zarba berib, gol urdi!
9. “Arsenal” ushbu bahsda bo'ladigan standartlarga juda zo'r tayyorlanibdi, ammo hozircha naf chiqmayapti ulardan. Lekin, o'ylanmalar ajoyib.
6. Ayni ushbu hujum chog'ida Emiliano Martines jarohat oldi, tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
5. Zo'r kombinaciya! Edegor jarima zarbasidan to'pni erlatib uzatdi, Kalafori zarba berdi, raqiblar qaytara olishdi!
4. Boya “Chelsi”ning goli jarima zarbasidan so'ng yuzaga kelgandi, endi xuddi shunaqa vaziyat “kanonirlar”da. Kuzatamiz.
3. Tezkor gol ko'rdik, do'stlar! Buyog'iga “yonadi” o'yin!

2. GOL! Rojers hisobni ochdi! “Arsenal” himoyachilari tomonidan qaytarilgan to'pni Morgan darvozaga yo'lladi va golga aylandi!
3. Ilk daqiqalardanoq jamoalar faol.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APLning 3-turi doirasidagi markaziy uchrashuv - "Arsenal" - "Chelsi" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



