Ixtiyor Karimov: "Tajriba o'z so'zini aytdi"

6 sen 2026, 20:27
Proliga 18-turidan o'rin olgan "Yaypan" – "Sho'rtan" uchrashuvidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun chiroyli o'yin kechdi deb o'ylayman. Har ikki jamoa g'alaba uchun maydonga tushgani ko'rinib turdi. Biz birinchi bo'limda o'ylagan rejalarimizni amalga oshirishga urinib ko'rdik, lekin vaziyatlardan to'liq foydalana olmadik, shu bois birinchi taym durang bilan tugadi. Tanaffusdan keyin imkon darajasida har bir hujumni gol bilan yakunlashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik. "Yaypan" jamoasining o'yini menga yoqdi, oldin ham o'yinini ko'rgandim, raqibda jamoaviy o'yin bor.

- Bugungi g'alabaga tajribali futbolchilar qo'shgan hissa katta bo'ldimi?

- Bu o'yinda darvozabonimizdan tortib maydonga tushgan barcha futbolchilar katta hissa qo'shishdi. Kimnidir alohida ajratishni xohlamasdim, to'g'ri tajriba o'z so'zini aytdi.

- "Sho'rtan" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi?

- Ha, shunday vazifa bor. Buyog'ini hayot ko'rsatadi.

2026-09-06 20.26.49.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia