RPL. “Dinamo Maxachqala” sakkizinchi daqiqadayoq o'n kishi bo'lib qolgan “Rodina”ni mag'lub etdi, Mahamadjonov debyut qildi

6 sen 2026, 20:42
RPL 7-tur doirasidagi “Dinamo Maxachqala” - “Rodina” o'yini bo'lib o'tdi.

Bahsda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarga Gamid Agalarov (51-daqiqa) va Hussem Mrezige (64) mualliflik qildi. Qayd etish kerakki, “Rodina” 8-daqiqadayoq German Onugxaning chetlatishidan so'ng bir kishi kam bo'lib qoldi.

Yaqinda maxachqalaliklar safiga o'tgan o'zbekistonlik himoyachi Mahmud Mahamadjonov 38-daqiqada maydonga chiqdi va bahs so'nggiga qadar harakat qildi.

2026-09-06 20.39.59.jpg2026-09-06 20.41.02.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia