Aziz G'aniev faoliyatini BAAning "Baniyas" klubida davom ettiradi

Оқил Абдубарноев
6 sen 2026, 21:03
Birlashgan Arab Amirliklarining "Baniyas" futbol klubi O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G'aniev bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

Tomonlar o'rtasidagi kelishuv jarayoni klub boshqaruv kengashi a'zosi Ahmad Al Jabriy ishtirokida bo'lib o'tdi.

Mahoratli yarim himoyachi BAA Pro ligasida etarli tajribaga ega bo'lib, bunga qadar "Shabab Al Ahli" hamda "Al Bataeh" klublari sharafini himoya qilgan.

Qayd etish joizki, "Baniyas" jamoasi o'zbekistonlik muxlislar uchun begona emas. Bunga qadar ushbu klub tarkibida yana ikki nafar hamyurtimiz – Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoy ham faoliyat olib borgan.

photo_2026-09-06_21-01-38 (4).jpgphoto_2026-09-06_21-01-38 (3).jpgphoto_2026-09-06_21-01-38 (2).jpg

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Банияс" матбуот хизмати