Qirg'iz Respublikasi chempioni O'zbekistonning ikki chempioni bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
29 yanv 2026, 23:05
"Bars" matbuot xizmati jamoa Antaliya yig'inida qaysi jamoalarga qarshi o'ynashini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Qirg'iz Respublikasining amaldagi chempioni Turkiyadagi yig'inni O'zbekiston Superligasi chempioni "Neftchi"ga (5 fevral) qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ikkinchi o'yin esa Pro-liga g'olibi "Lokomotiv"ga (8 fevral) qarshi bo'ladi.

Shuningdek, 11 fevralda "Axmat" , 17 fevralda "Dila Gori", 21 fevralda "Sochi" hamda "Milsami" Orgeev, 25 fevralda "Okjetpes" jamoalariga qarshi bahslar ham bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Барс" матбуот хизмати