U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Suriyani yirik hisobda mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
6 sen 2026, 20:54
U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Suriya o'yini yakunlandi.

U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichining "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Suriya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz ishonchli harakat qilib, 3:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.

Uchrashuv vakillarimizning faolligi bilan boshlandi va bu tezda o'z natijasini berdi. O'yinning 10-daqiqasida Diyor Ermanov raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi. Birinchi bo'lim vakillarimizning kichik ustunligi bilan yakunlangach, ikkinchi taymda murabbiylar shtabi tomonidan tarkibda bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Uchrashuvning 81-daqiqasida Quvonchbek Abraev jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qilgan bo'lsa, hakam tomonidan asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda (90+5) Davron To'laganov belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.

Mazkur muhim g'alabadan so'ng O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtirokini taminlab, U-20 Osiyo kubogining final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Endilikda Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari qitaning eng kuchli jamoalari qatorida Osiyo kubogining asosiy musobaqasida ishtirok etadi va nufuzli turnirda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

U-20 Osiyo kubogi saralashi.
"B" guruhi,
3-tur
O'zbekiston U-20 – Suriya U-20 3:0
Gollar: Diyor Ermanov (10), Quvonchbek Abraev (81), Davron To'laganov (90+5, penalti).

O'zbekiston U-20: 21. Nematulloh Rustamjonov, 2. Shorahim Shorahmedov (Abdurasulov, 46), 5. Azizbek To'lqinbekov (S), 6. Diyor Ermanov, 7. Quvonchbek Abraev (Aliev, 82), 8. Abdulfayz Bobomurodov (Erimbetov, 59), 11. Ulug'bek Maratov (Ashurboev, 46), 16. Ozodbek Najmiddinov, 17. Quvonishbek Saydaliev (Ko'paysinov, 70), 19. Muhammadali Dilshodbekov, 22. Davron To'laganov.
Zaxira: Yusupxonov, Shokirov, Odiljonov, Soliev, Ermanov, Sersenbaev.

photo_2026-09-06_20-04-30.jpgphoto_2026-09-06_20-04-29.jpgphoto_2026-09-06_20-04-28.jpgphoto_2026-09-06_19-46-43.jpgphoto_2026-09-06_19-38-20.jpgphoto_2026-09-06_19-38-19.jpgphoto_2026-09-06_19-38-18.jpgphoto_2026-09-06_19-38-17.jpgphoto_2026-09-06_19-38-16.jpg

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia