O'zbekiston U-15 terma jamoasi xalqaro musobaqada 4-o'rinni oldi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2026
Miraziz Mirzahmedov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi Qirg'iz Respublikasi U-16 bilan bahs olib bordi va durang o'ynadi.

O'zbekiston 2:2 Qirg'iz Respublikasi

Gollar: Farzod Sobirjonov (dubl)

Asosiy tarkib: 13.Botir Baxtiyorov, 3.Ilhom Mirzaev, 4.Kamron Qahramonov (s), 6.Abdulloh Baxtiyorov, 9.Mustafo Ahmatillaev, 10.Farzod Sobirjonov, 11.Mirjahon Mirzohidov, 12.Daminjon Muxtorjonov, 14.Qahhor Siddiqov, 22.Hasanboy Bahromov, 23.Abdulaziz Alinazarov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ernazarov, Qudratov, Ayzattulov, Farmonov, Marufov, Reimov.

Zaxira: Taraev, Farhodov, Abduraimov, Solomin.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-15 terma jamoasi “Talents cup” musobaqasida bir mag'lubiyat va ikki o'yinda durang o'ynab, to'rtinchi o'rinni egalladi. Qozog'iston 6 ochko bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritdi, Tojikiston 4 ochko bilan ikkinchi, Qirg'iz Respublikasi esa xuddi shuncha ochko bilan uchinchi pog'onanini band etdi.

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Farzod Sobirjonov ushbu o'rtoqlik turnirida “Eng yaxshi yarim himoyachi” sifatida etirof etildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia