Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Xorvatiya bilan o'yin oldidan: "Bu Ronalduning so'nggi raqsi bo'lmaydi deb umid qilamiz"

2 iyul 2026, 11:40
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Xorvatiyaga qarshi o'yin oldidan o'z kutishlari bilan o'rtoqlashdi.

"Xorvatiya har doim yaxshi o'ynaydi, ular to'pga egalik qilishni yaxshi ko'rishadi, bu juda kuchli futbolchilarga ega bo'lgan, texnik jihatdan saviyali jamoa. Keyin ular vaziyatga qarab o'zgartirishlar kiritishadi. Angliyaga qarshi o'yinda ular juda yuqori pressingni sinab ko'rishdi, keyin esa pragmatik jamoaga aylanishdi. Ertaga to'p bilan o'yinni nazorat qila bilish muhim jihat bo'ladi. Syurprizlar yo'q, jamoalar bir-birlarini yaxshi bilishadi.

Bu Modrich va Ronaldu uchun terma jamoadagi xayrlashuv turniri bo'lishi mumkinmi? Ular - afsonalar, shunday o'rnaklar bo'lishi juda muhim. Bu Ronalduning so'nggi raqsi bo'lmaydi deb umid qilamiz", - deya Martinesning so'zlarini keltiradi O Jogo.

Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 3 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 4:00 da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: O Jogo