

Kolumbiyaga qarshi o'yinda Ronaldu 22-marotaba ofsaydda qoldi va bu ko'rsatkich bo'yicha Terri Anriga tenglashib oldi.
XXI asrdagi jahon chempionatlarida eng ko'p ofsaydga tushgan futbolchilar:
Robin van Persi - 25
Terri Anri - 22
Krishtianu Ronaldu - 22
Avvalroq Ronaldu jahon chempionatlari tarixida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha ham ikkinchi o'ringa chiqqani xabar qilingandi. U o'zining 25-uchrashuvini o'tkazdi va Lotar Matteus bilan tenglashdi. Undan ko'p o'yinni faqatgina Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o'tkazgan.



