Kabo-Verde Prezidenti JCHdagi Argentina bilan o'yin oldidan Messini tilga olib bayonot berdi

2 iyul 2026, 09:50
Kabo-Verde Prezidenti Joze Mariya Nevesh 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finali doirasida Argentina terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida fikr bildirdi.

"Umid qilamanki, Kabo‑Verde xuddi shu darajada o'ynashda davom etadi. Biz jahon chempionatiga o'z taqdirimizni o'zimiz yozish va amaldagi chempionlarga qarshi turish uchun keldik. Shu bois Argentina va Messiga qarshi xuddi shunday qatiyat, g'alaba qozonish hamda keyingi bosqichga chiqish ishtiyoqi bilan maydonga tushamiz. Futbolchilarda 100 foiz ishonch va 100 foiz umid bor, ularning liboslari tyerdan ho'l bo'ladi. Shunday ekan, Argentinani mag'lub etish uchun bizda 100 foizlik imkoniyat mavjud. Kuchli raqiblar bilan o'yinlarda ham g'alaba qozonish, ham mag'lub bo'lish mumkin. Shunday bo'lsa-da, Argentina bilan o'yin qanday yakunlanishidan qati nazar, biz g'alaba uchun o'ynaymiz. Natija qanday bo'lishidan qati nazar, biz jahon chempionatini boshimizni baland ko'targan va vazifani bajarganlik hissi bilan tark etamiz. Men Kabo‑Verde Argentinani 1:0 hisobida mag'lub eta olishiga ishonaman", - deya Neveshning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC News Africa.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC News Africa