"Oltin to'p" sohibi: "Yamalni Mbappe bilan solishtirish kerak emas. Kilianning darajasi ancha yuqori"

2 iyul 2026, 12:22
1995 yilgi "Oltin to'p" sohibi Jorj Vea Kilian Mbappe va Lamin Yamalni o'zaro solishtirish urinishlaridan mamnun emas.

Liberiyaning sobiq prezidenti El Chiringuito nashriga bergan intervyusida Madridning "Real" klubi francuz hujumchisi "Barselona"ning 18 yoshli ispaniyalik futbolchisidan ancha ustun ekanini aytdi.

"Mbappe - fenomen. U juda yaxshi o'yinchi va ajoyib to'purar. Yamalga kelsak - u shunchaki yosh yigitcha. Uni Mbappe bilan solishtirish kerak emas.

Mbappe - fenomen, Yamal esa hali endi rivojlanmoqda va o'smoqda. U o'z yo'lida davom etishini umid qilaman. Ammo uni Mbappe bilan taqqoslab bo'lmaydi. Mbappening darajasi ancha yuqori ekanini hamma biladi".

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito