Senegal terma jamoasi yetakchilaridan biri JCHdan chiqib ketganidan keyin: "Jamoani ushbu murabbiy boshqarar ekan, men o'ynamayman"

2 iyul 2026, 11:05
Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Pap Geye ijtimoiy tarmoqda milliy jamoani tark etishini e'lon qildi.

Bugun Senegal dramatik kechgan uchrashuvda Belgiyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi, vaholanki ular o'yin davomida 2:0 hisobida oldinda borishmoqda edi. Geye jamoasi 86 va 89-daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi.

"Men yana musobaqadan chiqib ketganimiz bo'yicha sizlarga bir necha og'iz so'z aytish uchun qaytaman… lekin bugun shuni e'lon qilamanki, modomiki terma jamoa tepasida ushbu murabbiylar shtabi turar ekan, men boshqa terma jamoada o'ynamayman", - deb yozdi Geye o'z storisida.

Bosh murabbiy Pap Tyav qo'l ostida Senegal jamoasi 2026 yilgi Afrika Kubogida g'olib chiqqan edi. O'shanda Marokashga qarshi kechgan janjalli finalda (1:0) birozdan keyin boykot sababli g'alaba Marokashga berilgan edi.

Eslatib o'tamiz, o'sha o'yinning eng so'nggi daqiqalarida hakam Senegalning golini bekor qilgan, bir necha daqiqadan so'ng esa ularning darvozasiga shubhali penalti belgilagan edi. Tyav hissiyotlarga berilib, jamoani maydondan olib chiqib ketgan, ammo qariyb 20 daqiqadan so'ng Sadio Mane sheriklarini qaytishga ko'ndirgan edi. Marokashliklar penaltidan unumli foydalana olishmagan, Senegal esa qo'shimcha bo'limlarda g'alabani ilib ketgandi - o'shanda g'alaba to'pini aynan Geye kiritgan edi. Biroq yakunda KAF Apellyaciya qo'mitasi qarori bilan Senegal oltin medallardan mahrum etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com