Krishtianu Ronaldu JCH-2026 guruh bosqichi yakunlanganidan so'ng post qoldirdi

29 iyun 2026, 07:37
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 guruh bosqichi yakuniga etganidan so'ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

"Biz birgalikda oldinga intilishda davom etamiz", - deb yozdi Ronaldu o'zining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida.

Jahon chempionatining guruh bosqichidagi uchta o'yinda Ronaldu ikkita gol urdi. 41 yoshli forvard 2-tur doirasida O'zbekistonga qarshi kechgan uchrashuvda (5:0) dublga erishdi.

Guruh bosqichi yakunlariga ko'ra, portugaliyaliklar besh ochko jamg'arib, "K" guruhida ikkinchi o'rinni egallashdi. 1/16 finalda Roberto Martines shogirdlari Xorvatiyaga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv 3 iyul kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com