Maykl Ouen: "Ronaldu O'zbekistonga qarshi o'yinda xet-trik qayd etadi degandim. Mayli, adashibman. U bor-yo'g'i ikkita gol urdi"

25 iyun 2026, 14:45
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

41 yoshli futbolchi JCH-2026 doirasida O'zbekistonga qarshi kechgan uchrashuvda (5:0) dubl muallifiga aylandi.

"Ronaldu birinchi o'yinda gol urolmaganidan keyin uni hisobdan chiqarish mutlaqo kulgili ekanligini yozgandim. Boz ustiga, u munosib javob qaytarib, O'zbekiston bilan bahsda xet-trik qiladi degandim. Mayli, adashibman. U bor-yo'g'i ikkita gol urdi!

Biroq biz uning nimalarga qodirligini ko'rdik. Ronaldu negativdan motivaciya oladi, bu esa Portugaliya uchun faqat foyda", - dedi Maykl Ouen.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com